RU

Ilovada kirishni tasdiqlang — buyurtmalar tarixi va manzillar o'zi tortiladi. Kirmasdan ham sotib olish mumkin.

De'LonghiKofe mashinalari

Delonghi кофемашина

De’Longhi La Specialista Maestro EC9885.M Uyda kofexonadagidek qahva ichmoqchi bo’lsangiz, bu mashina aynan shu ish uchun. Tegirmon ichida o’rnatilgan, shuning uchun donni solasiz, mashina o’zi maydalab beradi. Maydalash darajasi 15 xil, sensor qancha kofe kerakligini o’zi o’lchaydi. Kofeni presslash ham oson: richagni tushirasiz, Smart Tamping hammasini o’zi qiladi. Atrof iflos bo’lmaydi, alohida temper izlab o’tirish ham shart emas. Sutni ikki xil usulda ko’pirtirsa bo’ladi. LatteCrema Hot idishi ko’pikni o’zi tayyorlab beradi. Latte-art qilmoqchi bo’lsangiz, qo’lda ishlatiladigan bug’ naychasi ham bor. Yozda muzli qahva yoqtiradiganlar uchun Cold Extraction funksiyasi bor. Cold brew 5 daqiqaga yetmay tayyor bo’ladi. Mashina yoqilgach 20 soniyada ishga tayyor. Espresso, latte, cappuccino, flat white, long black, cold brew va boshqalar, jami 8 ta retsept bor.

Narxi
12 965 750 so'm
Sotuvda bor
Yetkazib berish bepulKarta bilan to'lovKafolat 12 oyQabul qilishda tekshirish

Nasiya

taxminiy hisob
Toʻlov muddati
Rasmiy ish joyi
4 322 000 so'm/oyustamasiz

3 ta toʻlov · Jami 12 966 000 so'm · yaxlitlash +250 so'm

Faqat NEXEL shourumida shaxsan rasmiylashtiriladi, Sayilgoh 7. Qanday borish

Ustama rasmiylashtirishda belgilanadi va keyin oʻzgarmaydi.

Xususiyatlari
  1. Xususiyatlari:
  2. Bosim: 19 bar
  3. Quvvat: 1450 Vt
  4. Suv idishi: 2,5 L
  5. Tegirmon: 15 daraja
  6. Isitish: Thermoblock (20 soniyada tayyor)
  7. O’lchami: 41,9 × 36,8 × 46,5 sm
  8. Og’irligi: 16 kg
  9. Korpus: zanglamas po’lat, kumushrang
  10. To’plamda: temper, sut idishi
O'xshash modellar